Hududiy boshqarmalar

Arxiv ishi hududiy boshqarmasi viloyatda arxiv ishi bo‘yicha davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organi hisoblanadi; u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga va viloyat hokimligiga bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati haqida ularga hisobot beradi.

Boshqarma tizimiga viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlari kiradi. Shahar va tuman davlat arxivlari o‘z faoliyati jarayonida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasiga hamda o‘zi joylashgan tuman, shahar hokimliklariga bo‘ysunadi.

Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zarxiv” agentligining nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda o‘z Nizomiga amal qiladi.

Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek unga buysunuvchi, o‘z faoliyatini boshqarma tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida viloyat davlat arxivi, shahar va tuman davlat arxivlari orqali amalga oshiradi.