Hujjatlar > Noyob arxivlar

29.08.2022

Katta Farg‘ona kanali qurilishi – o‘zbek xalqining haqiqiy jasorat namunasi

O‘zbek halqini umumiy maqsad yo‘lida birlashtirib, haqiqiy qaxramonlik namunalari aks etgan hamda birdamlik, ahillik, fidoyilik ramziga aylanib, tarix zarvaraqlaridan joy olgan, XX asrning ulkan gidroinshoot namunalaridan biri bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali qurilganliga bu yil 82 yil to‘ldi.

 

Katta Farg'ona kanali qurilishi jarayoni

Markaziy Osiyo xalqlarining turmush darajasini yaxshilash borasida katta burilish yasagan Katta Farg‘ona kanalining tarixi barchamiz uchun qiziqarli va albatta hayratlanarlidir. Buning boisi shundaki, asosan qo‘l kuchi bilan tuproq qazilib, o‘z nihoyasiga yetkazilgan va Farg‘ona vodiysida bunyod etilgan eng yirik gidrotexnik inshootdir.

Katta Farg'ona kanali qurilishi jarayoni

1939 yilning aynan jazirma yoz faslida xalqning xashar yo‘li bilan boshlangan hamda qisqa muddat ichida ya’ni 45 kun (!) ichida qurib bitkazilganligi yanada ahmiyatlidir.  

Farg‘ona viloyat davlat arxivi saqlovidagi Katta Farg‘ona kanali qurilishiga oid bo‘lgan hujjatlarning guvohlik berishicha, O‘zbekiston SSR Xalq Komisarlari Sovetining 1939 yil 3-6 iyun kungi “Katta Farg‘ona kanali qurilishi” haqidagi 896-son qarori qabul qilingan. (Fond-1124, Ro'yxat-2, Yig'majild-3)